Andijon viloyati Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo chap qirg‘og‘ining 30 metr qismi yemirilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi, viloyat FVB, viloyat Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan.

Xususan, 4 dona ekskavator, 6 dona samosval, 4 dona boshqa turdagi og‘ir texnikalar jalb qilinib, 250 metr kub tosh bosish ishlari, 520 metr kub tuproq, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda.

«Yuz bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Aholi honadonlariga xavf solmaydi», — deyiladi xabarda.