Toshkentning Yangixayot tumani «Yangi turmush» mahallasida Megapolic Building kompaniyasi tomonidan 2021 yilda foydalanishga topshirilgan yangi turar joy binosining tomida noqonuniy qurilish aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

noqonuniy qurilish

E’lon qilingan fotosuratlarda bir nechta oynasi bor, tomi profnastildan qilingan pishiq g‘ishtli qurilishni ko‘rish mumkin.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.

noqonuniy qurilish

Ayni daqiqalarda mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Mulkdorlar ko‘rsatmalarga amal qilmagan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortiladi.