Toshkentning Yunusobod tumanidagi hovlilardan birida 55 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva krossoverini orqaga harakatlantirayotib, ikki yoshli bolani bosib ketdi. Natijada bola olgan tan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi.

Hodisa 14 fevral kuni soat 16:00 atrofida Beltepa mahallasida sodir bo‘lgan, deb xabar berdi poytaxt IIB matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.