«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismi chorshanba kuni soat 22:40 lar atrofida qor ko‘chishi xavfi tufayli transportlar harakati uchun vaqtincha yopilgandi. Kechasi O‘zgidromet 16 fevral, tungi soat 1:30 dan boshlab yo‘lning 228−253 km qismida qor ko‘chishi mumkinligidan ogohlantirdi.

қамчиқ довони, qor ko‘chkiси

Foto: t.me/uzb_meteo.

O‘zgidromet xodimi Erkin Abdulaxatov 1:40 lar atrofida yo‘lning 239 km qismiga qor ko‘chkilari tushganini ma’lum qildi. Tongda esa ko‘chki 234 kmda ham qayd etilganini xabar qildi.

қамчиқ довони, qor ko‘chkiси

Foto: FVV.

O‘zbekiston FVV ma’lumotiga ko‘ra, tunda favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev dovonga borgan va qor ko‘chkisidan ogohlantirish hamda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlariga boshchilik qilgan.

қамчиқ довони, qor ko‘chkiси

Foto: FVV.

Fuqarolarni manzillariga yetkazish maqsadida Ohangaron va Angrendan Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda.

қамчиқ довони, qor ko‘chkiси

Foto: FVV.

Xohlovchilar uchun esa dovonning o‘zida isinish nuqtalari ham tashkil etildi.