Elektr-energiya bilan bog‘liq jamoatchilik va jurnalistlarning savollariga doimiy javob berib keluvchi energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikda hali ham ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Buni vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga tasdiqladi.

U hozirda tashkilotning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Sherzod Xodjayev O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq sharoitida elektr bilan bog‘liq muammolar sabab, faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi. Biroq u 15 fevral kuni Xitoyga amaliy tashrif bilan borgan энергетика vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari orasida ko‘rinish berdi. Unda Xitoyning China Energy Engineering Corporation kompaniyasi bilan Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi.