«Svet», gaz va suvdan noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanishi mumkin

Prezident qaroriga asosan «svet», gaz va suvdan noqonuniy foydalanishni o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash kutilmoqda, huquq-tartibot organlariga tegishli qonunni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. O‘zenergoinspeksiyaga ushbu resurslardan noqonuniy foydalangan mansabdorlarga jazo qo‘llash vakolati berilmoqda.

Elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshganda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshgan taqdirda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sohadagi huquqbuzarliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Toshkent viloyatida ayol 4 erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

28 dekabr kuni Bo‘stonliqda ayol mahalladoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragani aytilmoqda. U 2023 yil 10 fevral kuni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga olib kelingan. Holat yuzasidan 25−27 yoshli 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan 2 ta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Quyi Chirchiqdagi bog‘chada xotinini kaltaklab, ertasiga uni o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Sud 2022 yilning yozida bolalar bog‘chasida o‘z xotinini bolalarning ko‘z o‘ngida kaltaklagan, ertasiga uni o‘ldirgan erkakni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Marhuma ayolning otasi esa suddan umrbod qamoq jazosini talab qilgan.

O‘zbekistonda Onix avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlandi

UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Chevrolet Onix Premium ham taqdim etildi. Unda klimat kontrol, lyuk, orqa o‘rindiq isitish tizimi kabi qulayliklar bo‘ladi.

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirayotgani aytilmoqda

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida qo‘shni davlat chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul talab qilmoqda, puli yo‘qligini aytganlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham qayd etilyapti, deb xabar bermoqda qirg‘izistonlik jurnalist Shohrux Soipov.

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatildi

«Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari 15 fevraldan Qozog‘iston tomonining rekonstruksiya ishlarini olib borishi munosabati bilan piyodalar, avtobus va avtomashinalar harakati uchun ishini to‘xtatdi.

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Kamoliddin Nabiyev «Maxsustrans» korxonasiga qayta rahbar bo‘ldi

Poytaxtning yangi hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov «Maxsustrans» DUK rahbari Abdujamil Abduvahobovni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan oldi. 2018 yilda mazkur lavozimdan ketgan Kamoliddin Nabiyev tashkilotga qayta rahbar bo‘ldi.

Tabiat resurslari vazirligi: Toshkentdagi havo sifati salomatlik uchun xavfli emas

«Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi Tabiat resurslari vazirligi vakili. Havo sifati yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qilishi haqida xabar e’lon qilinganidan so‘ng tadqiqot o‘tkazilgan.

Maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e’tiroz bildirdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasida keltirilgan bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Loyihada vazirlikning hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklarga o‘tkazilishi qayd etilgandi. «Xavotirga o‘rin yo‘q, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan», deyildi bayonotda.

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ko‘p qavatli uylarda tashkil etilishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Elektr, neft va gazdan foydalanishni nazorat qiluvchi inspeksiya tashkil etildi

Energetika vazirligi huzurida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tashkil etildi. Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishni nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy qilindi.

Ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 15 martgacha uzaytirildi

O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Biri prezident, boshqasi iqtisodchi bo‘lmoqchi». Saraton bilan kurashayotgan bolalar

Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» bu xastalikdan davolanayotgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. «Boshida «yaxshi yuribdi-ku», deya e’tibor bermagandim», deb afsuslanadi ular. Umidi so‘nmagan. Ayni damda, bu sinov hayotga qarashlarini ham o‘zgartirganini tan oladi.

Maktab darsliklari: «ilg‘or tajribalar» izidan

O‘zbekiston maktablarida Milliy o‘quv dasturi va uning asosida yaratilgan darsliklarni joriy qilish davom ettiriladimi yoki yangi darsliklar bilan yangi dastur qabul qilinadimi? Ta’lim sohasi eksperti, kolumnist Komil Jalilov 2023 yilgi Davlat dasturi loyihasini tahlil qiladi.