Driver’s Village kompaniyasi O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning SsangYong markali avtomobillarining rasmiy sotuvini yo‘lga qo‘ymoqda.

SsangYong Motor Company 1954 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatining boshida harbiy yo‘ltanlamas avtomobillarni ishlab chiqarishdan boshlangan Janubiy Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Bugungi kunda kompaniya ramali yo‘ltanlamaslar, pikaplar, kichik yo‘ltanlamaslar, elektromobillarni o‘z ichiga olgan yo‘ltanlamaslar qatorini ishlab chiqaradi va Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilari orasida Hyundai va Kia dan keyin mashhurlik bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi.

Janubiy Koreyaning sifati va yaxshi elektronika mijozlarga haydash qulayligi va avtomobil ishonchliligini kafolatlaydi.

Kompaniya bosh direktori Farrux Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, birinchi avtomobillar 2023-yilning mart-aprel oylarida kelishi kutilmoqda.

реклама

O‘zbekistonda atmosfera benzinlik dvigatellar bilan jihozlangan Rexton premium ramali yo‘ltanlamas, Musso pikapi, Korando, Torres, XLV va Tivoli sotiladi.

реклама

Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonga Korando modelining elektr versiyasini yetkazib berishni rejalashtirgan.

реклама

Kelgusida kompaniya SsangYong Motor Company bilan hamkorlikda zavod qurish va SKD tamoyili asosida ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

реклама

Sotuv Toshkent shahri, Sergeli tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Driver’s Village dilerlik markazida boshlanadi.

Yil davomida O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham savdolarni ochish rejalashtirilgan.

Telefon: (+998) 99−427−70−70.

Instagram: @driversvillageuz
Telegram-kanal: t.me/driversvillage_uzb
Facebook: fb.com/driversvillageuz
Telegram-bot: t.me/DriversVillageBot

Reklama huquqlari asosida.