Bosh prokuratura matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ona-bola vafot etgani aytilgan xabar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Aniqlanishicha, 7-aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etgan.

Marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.