O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akbarov Habibulla Asatovich 8-aprel kuni 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Habibulla Akbarov fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi. U 1936-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1958-yilda O‘rta Osiyo politexnika institutining geologiya-qidiruv fakultetini tugatgan.

Faoliyati davomida O‘rta Osiyo geologiya va mineral xomashyo institutida sektor mudiri (1968−79), bo‘lim boshlig‘i (1979−86), direktor o‘rinbosari (1987−91), 1992−96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni shu vaqtda universitetning foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

1996-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yer haqidagi fanlar bo‘limi raisi va Fanlar akademiyasi prezidiumi a’zosi (1997-yildan) sifatida faoliyat yuritgan.