Jamiyat

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
15 aprel 2023, 15:00

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi
15 aprel 2023, 12:28

Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi

Tarmoqlarda Shahrixon tumanida IIO xodimlari fuqarolar bilan mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Uch fuqaroga JKning 3 ta moddasi bilan hujjat rasmiylashtirildi. Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.

O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi
15 aprel 2023, 11:21

O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza — jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi
15 aprel 2023, 10:29

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi

Pop tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan DAF yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, to‘liq yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Nima tayyorlaymiz: Kartoshkali taomlar
15 aprel 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Kartoshkali taomlar

Kartoshkadan tayyorlangan pishloqli toblatma, klyotskalar, chalpak, krem-sho‘rva, manti va boshqalar — Zira.uz mazali kartoshkali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

14-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 aprel 2023, 22:00

14-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida bo‘lgan kuchli shamol, Shuhrat Abdurahmonov atrofidagi gap-so‘zlar, my.gov.uz orqali “pravani” rasmiylashtirish tartibi, Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan chiqqan tabletka, dam olish kunlariga salqin havo va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonidan yuk mashinasi pastlikka tushib ketdi
14 aprel 2023, 20:10

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonidan yuk mashinasi pastlikka tushib ketdi

Taxtaqoracha dovonida yuk mashinasi pastlikka qulab, yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi kabinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan.

“Ekspat mo‘’jizasi”: Nima uchun ekspatlar va o‘zbek ishbilarmonlari bir-birining ishidan norozi?
14 aprel 2023, 18:43

“Ekspat mo‘’jizasi”: Nima uchun ekspatlar va o‘zbek ishbilarmonlari bir-birining ishidan norozi?

TalentLab rekruting agentligi ekspatlar va o‘zbek ishbilarmonlari bir-birlarining umidlarini oqlamayotganini aniqladi. Xorijlik mutaxassislar vazifalarning noaniq belgilanishi va mahalliy kadrlar intizomining sustligidan norozi. Ish beruvchilar esa chet elliklar so‘rayotgan maosh va ularning ish natijalaridan.

Activist sudga advokati kiritgan apellyatsiya shikoyatini qaytarib oldi
14 aprel 2023, 16:43

Activist sudga advokati kiritgan apellyatsiya shikoyatini qaytarib oldi

15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi, bloger Hojiakbar Nosirov advokatining sudga kiritgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rmasdan qoldirishni so‘rab ariza yozdi. Shu sabab sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqardi.

Andijon hokimligi Shuhrat Abdurahmonovga tegishliligi aytilgan video bo‘yicha munosabat bildirdi
14 aprel 2023, 14:41

Andijon hokimligi Shuhrat Abdurahmonovga tegishliligi aytilgan video bo‘yicha munosabat bildirdi

Tarmoqlarda Shuhrat Abdurahmonovga tegishli deya taxmin qilinayotgan intim video tarqalgandi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, video bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborilgan. Videoni tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

O‘zbekistonga havoni monitoring qiluvchi 6 ta avtomatik stansiya keltirildi
14 aprel 2023, 13:30

O‘zbekistonga havoni monitoring qiluvchi 6 ta avtomatik stansiya keltirildi

O‘zbekistonga 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi keltirildi. Endi havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham chang-to‘zonli ob-havo kuzatilmoqda. Video
14 aprel 2023, 12:40

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham chang-to‘zonli ob-havo kuzatilmoqda. Video

14-aprel tonggida Xorazm viloyatida kuzatilgan kuchli shamol va chang-to‘zonli ob-havo Buxoro hamda Navoiy viloyatlariga ham o‘ta boshladi. Qiziqtepa tumanida noqulay havo natijasida ko‘runuvchanlik 100−150 metrgacha qisqardi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin bo‘ladi
14 aprel 2023, 12:09

O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin bo‘ladi

Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali salqin va nam havo massalarining kirib kelishi munosabati bilan dam olish kunlari kunduzi havo harorati +25 darajagacha, kechasi esa +15 darajagacha pasayadi. Shamolning tezligi 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda. Bu birinchi marta emas
14 aprel 2023, 11:33

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda. Bu birinchi marta emas

Ellikqal’a tumanidagi 5-maktabda o‘quvchilarga berilayotgan oziq ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqanidan norozi ota-onalarning xabari tarmoqlarda tarqaldi. Holat SES nazoratiga olindi. Avvalroq, Xo‘jayli hamda Kegeyli tumanidagi maktablardan birida ham yegulik ichidan turli buyumlar chiqqandi.

Banklarda dollar kurslari deyarli o‘zgarishsiz qoldi
14 aprel 2023, 10:43

Banklarda dollar kurslari deyarli o‘zgarishsiz qoldi

Tijorat banklari 14-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 485 so‘m.

Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi
14 aprel 2023, 09:38

Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

Milliy haydovchilik guvohnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Xorazmda kuchli shamol kuzatildi
14 aprel 2023, 08:12

Xorazmda kuchli shamol kuzatildi

Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida erta tongda chang aralash kuchli shamol kuzatildi. Ayrim tumanlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.

13-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 aprel 2023, 22:00

13-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi hafta boshidan yana yomg‘ir, kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilmasligi, AQSh sanksiyalari ostida qolgan O‘zbekiston fuqarolari va kompaniyalar, Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etgani, chigirtkalarga qarshi transchegaraviy kurash va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
13 aprel 2023, 18:45

Toshkent viloyatida erkak 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda

Erkak 2019-yilning yozida 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Voqeadan so‘ng qiz bu haqda ota-onasiga aytishga jur’at eta olmagan. Keyinroq ular bundan xabardor bo‘lgach, huquq-tartibot idoralariga qayta-qayta ariza bilan murojaat qilgan. Jinoyat ishi 2023-yilning 4-apreliga kelibgina ochilgan.

Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi
13 aprel 2023, 17:15

Agrar universitetning 21 yoshli talabasi vafot etdi

Yangiyo‘l shahridagi sport klubida Agrar universitetning 21 yoshli talabasi sog‘lig‘i yomonlashib qolgani oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting