Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 8-aprel kuni bir necha avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 9:00 atrofida Lacetti, Nexia-3, Nexia-2 va Captiva avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

йтҳ, тошкент

Oqibatda Nexia-2 yo‘lovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 3-apreldagi qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga shaharlarda transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligiga oid o‘zgartirishlar kiritilgan.

Bu o‘zgarish bilan Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.