Jamiyat

Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi
5 iyun 2023, 10:25

Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilandi.

Farg‘onada cho‘kib ketgan maktab bitiruvchisining jasadi 9 kunda topildi
5 iyun 2023, 09:56

Farg‘onada cho‘kib ketgan maktab bitiruvchisining jasadi 9 kunda topildi

25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgandi. Uning jasadi oradan 9 kun o‘tib kanalning Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.

Toshkentdagi mahallalardan birini suv bosdi — foto
5 iyun 2023, 09:26

Toshkentdagi mahallalardan birini suv bosdi — foto

Sergeli tumanining “Junariq” mahallasidagi 9 ta xonadonni suv bosdi. Toshqin Jun va Salar kanaliga to‘liq suv ochilgani bois yuzaga kelgan. Holat bartaraf etildi, hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
4 iyun 2023, 19:16

Qashqadaryoda Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Jomboylik ayol dalaga qoramol tushgani uchun qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi
4 iyun 2023, 15:10

Jomboylik ayol dalaga qoramol tushgani uchun qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi

Jomboy tumanida 37 yoshli ayol ekin maydoniga qoramol tushgani uchun ferma ishchisi bo‘lgan qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi. Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi uning ahvoli nisbatan qoniqarli ekanini ma’lum qildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi
4 iyun 2023, 12:56

O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi

2024-yil 1-martdan O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Ularda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, elektrobus harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi va savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi.

Toshkentda $22,5 ming evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
4 iyun 2023, 12:49

Toshkentda $22,5 ming evaziga Haj vizasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yashnobod va Uchtepa tumanlarida fuqarolarga jami $22,5 ming evaziga Haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lgan firma mutasaddilari qo‘lga olindi. Ular 4 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi maymunlar keltirildi
4 iyun 2023, 11:46

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi maymunlar keltirildi

Toshkent hayvonot bog‘iga Isroildan maymunlar oilasiga mansub bir qancha gamadrilalar keltirildi. Ularning moslashishiga isroillik mutaxassislar ko‘maklashdi.

O‘zbekistonda milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tuziladi
4 iyun 2023, 11:41

O‘zbekistonda milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tuziladi

Go‘zal manzaralar, ko‘p asrlik daraxtlar, flamingolarning kelishi kabi tabiat hodisalari va obyektlari yaratilayotgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu tabiatni inson harakatlaridan himoya qilish va kelajak avlodlar uchun saqlashga yordam berishi lozim.

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha foto-video dalillar e’lon qilindi
4 iyun 2023, 10:18

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha foto-video dalillar e’lon qilindi

Bosh prokuratura Chilonzor IIB binosida 21 yoshli yigitning 4-qavatdagi hojatxonadan sakrab vafot etgani bo‘yicha foto-video dalillarni e’lon qildi. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. IIO xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi qarori 5-iyun kuni e’lon qilinadi
4 iyun 2023, 10:13

Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi qarori 5-iyun kuni e’lon qilinadi

Oliy sud 5-iyun kuni soat 15:00 da Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan 16 nafar mahkumning birinchi sud jarayoni bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari, shuningdek, shartli ravishda hukm qilingan 4 kishiga nisbatan prokuratura protestini ko‘rib chiqishni yakunlab, hukmni e’lon qiladi.

Haj-2023 mavsumi boshlandi: ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi — foto
4 iyun 2023, 02:01

Haj-2023 mavsumi boshlandi: ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi — foto

4-iyun kuni Uzbekistan Airways`ning bortida 240 nafar ziyoratchisi bo‘lgan ilk reysi Toshkentdan Madinaga uchib, 2023-yilgi Haj mavsumini ochib berdi. Musulmonlar idorasi ziyoratchilarning yaqinlariga tiqilinch va tirbandlikning oldini olish uchun aeroportga kelmay, masjidlardan kuzatib qo‘yishni tavsiya qildi.

Farhod Mannopov vafot etgan Star Med Center klinikasi litsenziyasi bekor qilindi
3 iyun 2023, 17:33

Farhod Mannopov vafot etgan Star Med Center klinikasi litsenziyasi bekor qilindi

Sud Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga binoan Farhod Mannopov operatsiya qilingan va keyinchalik vafot etgan Star Med Center xususiy klinikasi litsenziyasini bekor qildi.

Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi
3 iyun 2023, 17:09

Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi

Surxondaryodagi 4000 yillik Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Qazishma ishlari Fransiya milliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Nima o‘qiymiz? Adliya vaziri Akbar Toshqulov tavsiya qiladi
3 iyun 2023, 14:26

Nima o‘qiymiz? Adliya vaziri Akbar Toshqulov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Nega Toshkent shahrining ko‘plab tumanlarida yo‘l-qurilish ishlari ketmoqda?
3 iyun 2023, 13:38

Nega Toshkent shahrining ko‘plab tumanlarida yo‘l-qurilish ishlari ketmoqda?

So‘nggi haftalarda poytaxtda yo‘l-qurilish ishlari faol tarzda ketmoqda. Bu elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida qilinyapti, dedi hokimlik. 2023-yilda 903 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 228 ta transformator yangilanadi. Bunday yirik masshtabdagi ish ilk marta amalga oshirilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Olchali pishiriqlar
3 iyun 2023, 10:19

Nima tayyorlaymiz: Olchali pishiriqlar

Olchali amerikancha pirog, keks, olchali o‘rama va pechenelar, tezpishar tartaletka va boshqalar — Zira.uz olcha solib tayyorlangan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Velomarafon munosabati bilan 4-iyunda Toshkentning ayrim ko‘chalari 3 soatga yopiladi
3 iyun 2023, 09:33

Velomarafon munosabati bilan 4-iyunda Toshkentning ayrim ko‘chalari 3 soatga yopiladi

Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar 4-iyun kuni velomarafon o‘tkazilishi sababli soat 8:00 dan 11:00 ga qadar transportlar harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).

2-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
2 iyun 2023, 22:00

2-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonliklarda mavjud 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘, lotin alifbosida nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, sudlanayotgan Termizning sobiq hokimi, Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, Zilzila mobile dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Nukus voqealari bo‘yicha sud: ayblov tomoni Tajimuratovdan boshqa 13 nafar sudlanuvchiga nisbatan jazoni qisqartirishni so‘radi
2 iyun 2023, 19:46

Nukus voqealari bo‘yicha sud: ayblov tomoni Tajimuratovdan boshqa 13 nafar sudlanuvchiga nisbatan jazoni qisqartirishni so‘radi

Nukus voqealari ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida muzokaralar tugadi. Hukm chiqishi kutilmoqda. Prokuror 4 nafar ayblanuvchining shartli jazosini real muddatlarga almashtirish, 13 nafar mahkumning jazosini yengillashtirish, ulardan 8 nafarini esa ozod qilishni so‘radi. Tajimuratov va uning advokati bayonot berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting