“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘ bor” — MB raisi

Markaziy bank raisi aholining qo‘lida qariyb 12 mlrd dollar pul borligi, bank sektori bularning barchasini jalb qila olmasligi, lekin bankka pullarni topshirish tendensiyasi mavjudligini ta’kidladi.

Markaziy bank kapitalga bo‘lgan talabni qondirish uchun banklarga birlashishni tavsiya qildi

1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda banklarning ustav kapitali hajmi 200 mlrd so‘mni tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Hozircha sakkizta bank bu talabga javob bermaydi. Markaziy bank kapitallashuv talablari bajarilmasa, litsenziya bekor qilinishi haqida ogohlantirdi va ularga birlashishni tavsiya qildi.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin alifbosida nashr etildi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi. Lug‘at 6 jilddan iborat va unga 5000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritilgan.

O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining 25-sessiyasi prezidenti va ikkita qo‘mita a’zosi etib saylandi

Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Yevropa komissiyasining ig‘ilishida O‘zbekistonga tashkilotning 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Sessiya 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ekologiyaga zarar yetkazish va hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Shuningdek, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshiriladi.

O‘zbekiston aholisi havoning yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha havoning yuqori darajada ifloslanishidan aholini erta ogohlantirish tizimi paydo bo‘ladi. Buning uchun hududlarda atmosfera havosining ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi, korxonalardan tozalash uskunalarini o‘rnatish talab etiladi.

Termizning sobiq hokimi va yana 17 kishiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

35,6 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlangan Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev hamda uning ikki o‘rinbosariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ishga jami 18 kishi ayblanuvchi, 200 kishi jabrlanuvchi va guvoh sifatida jalb qilingan. Ish hajmi kattaligi sababli sud yana 4 oy davom etadi

Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti ochiladi

Yangi o‘quv yilida Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti — Green University ochiladi. Universitet mintaqaning ekologik muammolariga yechim taklif qila oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.

Geosiyosiy vaziyatlar tufayli 2022-yilda O‘zbekistonda hisobraqam ochgan norezidentlar soni 60 mingtadan oshdi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senat yalpi majlisida O‘zbekistonda 2022-yilda hisobraqam ochgan norezidentlar soni geosiyosiy vaziyatlar tufayli 60 mingtadan oshganini ma’lum qildi. Ular mamlakat banklaridagi hisoblariga 892 mln dollar ekvivalentida mablag‘ qo‘ygan.

Uyali aloqa, tele va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyoz beriladi

Senatda telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.

Advokatlik guvohnomasi qay tartibda beriladi?

Hukumat advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur hujjat 10 yilga advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan beriladi. Guvohnomani berish uchun to‘lov undirilmaydi.

O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi

O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.

Hajga boruvchilar uchun to‘lov miqdori salkam 69 mln so‘mgacha ko‘tarildi

“Haj-2023” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Oldingi yilda bu miqdor 62,9 mln so‘m bo‘lgandi. Ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha Madina shahriga yuboriladi.

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — YeI” sammiti uchun Qirg‘izistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi”ning ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadigan Cho‘lponota shahriga amaliy tashrif bilan bordi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

“Vaziyat juda og‘ir”. Aziz Abduhakimov — O‘zbekiston ekologiyasi haqida

O‘zbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashkil etildi. Vazir Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida mamlakatdagi murakkab ekologik vaziyat va prezidentning yangi farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlar haqida gapirib berdi.