“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi meva — olcha solib tayyorlangan shirin va noodatiy pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Olcha solib tayyorlangan amerikancha pirog

zira.uz

Olcha bilan pishiriladigan pirog juda mazali bo‘lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanish mumkin.

Shtreyzel va olchali pirojkalar

zira.uz

Yumshoq oshirma xamir, nordon olchali nachinka va shtreyzel bilan qoplangan mayin pirojkalar.

Tvorogli xamirdan olchali o‘ramalar

zira.uz

Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o‘ramalar — qalbingizni zabt etishi aniq.

Olchali keks

zira.uz

Mayin va shirin xamir nordon olcha bilan qo‘shilganda bu keksda ajoyib ta’m hosil qiladi.

Tvorog va olchadan tayyorlangan o‘rama pirog

zira.uz

Olcha va tvorog birlashmasi o‘zgacha ta’m yaratadi, pirog ko‘rinishi esa barchani hayratda qoldiradi.

“Boyqush ko‘zlari” nomli olchali pechene

zira.uz

Pechenening tashqi ko‘rinishi boyqush ko‘zlariga, ustidagi yong‘oqli bezak qatlami esa uning rangi tovlangan patlariga o‘xshaydi.

Olcha va shtreyzel solingan tvorogli pirog

zira.uz

Bu mayin biskvit, biroz qarsildoq shtreyzel, nordon olcha qo‘shilgan ajoyib tvorogli pirog.

Olchali tezpishar tartaletkalar

zira.uz

Bunday olchali tartaletkalar tez tayyorlanishi bilan sizga yoqsa, ajoyib ta’mi bilan oila a’zolaringiz ko‘nglidan ham joy egallashi aniq.

Olchali rogaliklar

zira.uz

Ko‘pchilik bolaligida sevib iste’mol qilgan olchali rogaliklar retsepti mana shu yerda.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.