4-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bortida 240 nafar ziyoratchisi bo‘lgan ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) uchib, 2023-yilgi Haj mavsumini ochib berdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4−19-iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi.

Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan Hajga boradi — 16 reysda 5575 nafar yo‘lovchi tashiladi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Urganch, Qarshi va Termizdan 3 tadan reys, shuningdek, ziyoratchilar bilan 2 ta reys Navoiydan, Nukusdan esa 1 ta reys amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

Ma’lumot uchun, mazkur reyslar davomida poytaxt aeroporti estakadasida harakatlanish vaqtincha cheklanadi, terminalga kirish faqat yo‘lovchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ziyoratchilarning yaqinlariga terminalda tiqilinch holatni va aeroport yon atrofida tirbandliklarning oldini olish uchun aeroportga kelmasdan, o‘z yaqinlarini masjidlardan kuzatishni tavsiya qildi.

Foto

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023

ҳаж-2023