Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar 4-iyun kuni vaqtincha yopiladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

3-iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velomarafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 4-iyun kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar yopiladi:

  • ️ Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
  • ️ Olmazor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasidan “O‘zbekiston” metro bekatigacha;
  • ️ Afrosiyob ko‘chasi “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
  • ️ Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
  • ️Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

velomarafon, йўл yopiladi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.