2024-yil 1-martdan boshlab ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hudulardagi fuqarolar yig‘inlariga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyovning 31-maydagi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida belgilab qo‘yildi.

Hujjat bilan Ekologiya vazirligi tomonidan maqomlar berilgan hududlarda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, yo‘nalishli elektrobus harakatlanishi yo‘lga қўyilади hamda “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”lari tashkil etiladi.

Savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi hamda maishiy chiqindilarni saralash, shuningdek, qayta ishlanadigan chiqindilarni qabul qilish uchun fondomatlar o‘rnatiladi.

2023-yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar корхоналари va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari vazirlik tasarrufiga o‘tkaziladi. 2025-yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari bo‘yicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:

  • chiqindilarni yig‘ish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
  • ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.

2024-yil 1-yanvardan esa Bo‘stonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.