Toshkent hayvonot bog‘iga “Negev” hayvonot bog‘idan (Isroil)dan maymunlar oilasiga mansub primatlar turi — gamadrilalar olib kelindi, deya xabar bermoqda bog‘ matbuot xizmati.

Jonivorlarni olib kelishdan oldin, ushbu hayvonot bog‘i xodimlari Irina Alfereva va Hanin Haib Adavi Toshkentga yetib kelgan.

”gamadrilalar,

Ular bir hafta davomida Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari bilan gamadrilalarni qabul qilish uchun voler tayyorlab, xodimlarga jonivorlar bilan ishlashni o‘rgatishdi, ularning xatti-harakatlari, odatlari haqida tushunchalar berishdi. Qayd etilishicha, xorijlik mutaxassislarning tashrifi maymunlarning yangi sharoitga moslashishiga sezilarli yordam bergan.

”gamadrilalar,

“Endi nar Sasha, uning sevikli rafiqasi Yuval, Yuvalning dugonasi — Galiya, shuningdek, ikki keksa xonimlar Parva (yahudiy tilidan tarjima qilingan „paxmoq“) va qandli diabet tashxisi qo‘yilgan Stella baxtli jonivorlar safini to‘ldirishdi”, — deyiladi xabarda.