14-iyun kuni Toshkent shahridagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida elektr qurilmalari rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari sababli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, elektr ta’minoti o‘chirilishi “iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish” maqsadida quyidagi tumanlarad vaqtincha o‘chirildi:

  • Yashnobod tumanining: “Shoxsanam”, “Katta Yangiobod”, “Aviasozlar”, “Navro‘zobod”, “Parvoz” hamda “Dilbog‘” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumanining: “Bog‘iston” MFYning 4 ta ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumanining: “Muqimiy” MFY hududida soat 17:00 gacha;
  • Chilonzor tumanining: “Do‘mbirobod” hamda “1-Charx Kamolon” MFYlari hududida soat 18:00 gacha;

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi poytaxt filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Toshkent shahridagi elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar rejaviy uzilishlar hisoblanishini ma’lum qilgandi.