13-iyun kuni Toshkent shahridagi 6 ta tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar qildi.

Qayd etilishicha, elektr ta’minoti o‘chirilishi “iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida” amalga oshiriladi.

Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Yashnobod tumanining: Yangilik, Muruvvat ko‘chalari, Asalobod hamda “Tuzel” 2-mavzelari, Darxon, Ilg‘or shox, Ilg‘or 2-berk, Mirishkor ko‘chalarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
  • Sergeli tumanining: “Sug‘diyona”, “Nog‘oyqo‘rg‘on” hamda “Belariq” MFYlarining qisman hududlarida soat 13:00 gacha;
  • Mirobod tumanining: Shahrisabz ko‘chasidagi 38 ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
  • Chilonzor tumanining: Dilxush, Go‘zal hamda Qizil sharq ko‘chalari hududida soat 18:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumanining: A. Qahhor, 15−31, 4-, 5-tor, Xumo, Damariq 1-, 2-tor, Glinka ko‘chalarining ayrim hududlarida hamda Kichik halqa yo‘li, “Qushbegi” dahasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha;
  • Yunusobod tumanining: Kulolqo‘rg‘on ko‘chasining ayrim hududlarida soat 18:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi poytaxt filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Toshkent shahridagi elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar rejaviy uzilishlar hisoblanishini ma’lum qilgandi.