10-iyun kuni Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatidan o‘zini tashlab yubordi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

2005-yilda tug‘ilgan qiz voqea joyida vafot etgan. Marhumning o‘limi bo‘yicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, marhumaning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda, deyiladi xabarda.