Toshkent shahri hokimligi ikki ko‘chaga nom berish bo‘yicha fuqarolardan takliflar qabul qilinishi haqida xabar berdi. Ularni 14-iyundan 19-iyunga qadar Geonom.tashkent.uz saytida yo‘llash mumkin.

ko‘cha nomи, тошкент

  1. Katta halqa yo‘li ko‘chasining Bektemir, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlari hududidan o‘tuvchi qismi — Ohangaron shohko‘chasi kesishmasidan Toshkent yangi aylanma yo‘li bilan kesishgan qismigacha;
  2. Yakkasaroy va Sergeli tumanlari hududidan o‘tuvchi yangi qurilgan ko‘cha — Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasidan Qipchoq ko‘chasi bilan kesishgan qismi (suratda).

Ovoz berish uchun geonom.tashkent.uz saytining bosh sahifasida xarita ostidagi “Takliflar to‘plami” havolasini, so‘ng ko‘cha bo‘limlari ko‘rsatilgan doiralardan birini bosish kerak.

Taklif etilayotgan nom ko‘chaning geografik obyektga eng xos bo‘lgan belgilarini aks ettirishi, obyekt joylashgan yerdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi, mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini hisobga olishi, universal va qisqa — ko‘pi bilan uchta so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash mezonlari ishlab chiqish jarayonida bo‘lgani sababli ko‘chalarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda shaxslarning ismi-sharifini berish yuzasidan takliflar yuqoridagi mezonlar rasmiy tasdiqlangandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.