Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi Pyotr Islomovich Karimovning O‘zbekiston birinchi prezidentining turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimovaga nisbatan da’vosini ko‘rib chiqadi.

26-iyunga belgilangan sud to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy sud saytining sud majlislari jadvallari bo‘limida joylashtirilgan.

ислом каримов, пётр каримов, татьяна каримоva

Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan ish “vorislik huquqidan kelib chiqqan nizolarga” tegishli.

Pyotr Karimov Islom Karimov va Natalya Kuchmaning turmushidan bo‘lgan o‘g‘li, hozirda Rossiyaning Moskva viloyatida yashaydi, deb yozadi OAV.

Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrda vafot etgan. Uning Tatyana Karimova bilan turmushidan ikki qizi — Gulnora va Lola bor. Birinchi prezidentning rasmiy tarjimai holida uning uch farzandi borligi aytiladi.