14-iyun kuni soat 11:40 da Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtoparkiga tegishli treyler va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Ikki avtomobilning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi oqibatida avtovoz kabinasi shikastlangan. Kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki hayydovchi ham olgan og‘ir jarohatlari sababli vafot etgan.

Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko‘ra beriladi.

UzAuto Motors avtohalokat qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga barcha zaruriy yordam va ko‘mak ko‘rsatilishiga kafolat berishini bildirdi.