Xorazm viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudi 25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisda bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga nisbatan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi, deya xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

2019-yilning kuzida Ollashukurova jurnalist Mahmud Rajapov va uning yaqinlari Xorazmdan Toshkentga piyoda yurib borish kampaniyasini yoritgani uchun hibsga olingan edi. Keyinroq u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir qancha moddalari bilan 10 sutkaga hibsga olindi. Ma’muriy qamoqqa olish vaqtida ochlik e’lon qilganidan so‘ng esa Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga joylashtirildi.

O‘sha yilning dekabr oyi oxirida u ozod qilindi. U o‘zini xavfsiz his qilmayotganini va mamlakatni tark etganini aytdi. Ollashukurovaning Facebook`dagi sahifasidagi ma’lumotlarga qaraganda, u bir muddat Turkiyada yashagan.

Sud qarorida qayd etilganidek, u joriy yilning 14-mart kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida hibsga olingan, 16-martdan beri esa uy qamog‘ida saqlanmoqda. Unga 139-moddaning 2-qismi (nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-modda 3-qismining “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhat qilish) hamda 140-modda 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) bilan ayblangan.

Yanvar oyida faol “Shabnam TV” YouTube-kanalida Jizzax viloyatida o‘gay otasi tomonidan 6 yoshli qizga nisbatan jinsiy, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik sodir etilishi mumkinligi haqida vидеочоп etgan va huquq-tartibot idoralarini vaziyatni o‘rganishga chaqirgan edi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qizning tanasida tan jarohati topilmagan. Sud qarorida aytilishicha, qizning ota-onasi Ollashukurova ularning qadr-qimmatini obro‘sizlantirgan va sha’niga putur yetkazganini ta’kidlagan, deyiladi sud qarorida.

Sudlanuvchi o‘z aybiga qisman iqror bo‘lib, qizning ota-onasini ijaraga qo‘ygan dugonasidan ma’lumot olganini ta’kidladi. U o‘z videosida ota-onasining ism-sharifi va yashash manzilini ko‘rsatmagani va ularni obro‘sizlantirishga urinmagani, balki rasmiylardan tekshirishni so‘raganini aytdi.

Aprel oyidagi yana bir vидеодaNafosat Ollashukurova Davlat xavfsizlik xizmatining “maxfiy guruhi”ni bloger Asal Xo‘jayevani (Asalhoney) ўлdirgaнликдaaйbлagaн. Agar ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, dalillar keltirishini aytgan. Sud qarorida qayd etilishicha, bular huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan “asossiz va tuhmatli bayonotlar”dir, chunki qotil sifatida boshqa shaxs aniqlangan.

Bloger Xorazm viloyati Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi v. b.ni qasddan odam o‘ldirishda aybladi. 11-mart kuni unga qarshi ochilgan tuhmat yuzasidan jinoiy ish bo‘yicha tergovni davom ettirish va uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risida chaqiruv qog‘ozi olib kelganida u bilan janjallashib qolgan. Sud qarorida aytilishicha, Ollashukurova xodimni behayo so‘zlar bilan haqoratlagan va unga tuhmat qilgan. Sudlanuvchining aytishicha, u homiladorlikdan kelib chiqqan ruhiy holat sababli uni haqorat qilgan.

Sudya S.Hamroqulov blogerni Jinoyat kodeksining tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi ikki moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Bu muddatdan uning uy qamog‘ida o‘tkazgan vaqti (14-martdan 25-avgustgacha) olib tashlanadi.

Unga soat 21:00 dan 09:00 gacha yashash joyidan (uydan) chiqib ketishi, ommaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi, aloqa vositalaridan, jumladan, internetdan foydalanishi, shuningdek, Xorazm viloyatini tark etishi taqiqlanadi. Bog‘ot tumani IIB probatsiya guruhi ruxsatisiz yashash va ish joyini o‘zgartira olmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Nafosat Ollashukurova sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan.