Qo‘qon shahrida tug‘ilgan 25 yoshli yigit janjal oqibatida tengdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

21-iyun kuni soat 22:40 da Qo‘qon shahri shoshilinch yordam ko‘rsatish markaziga 1998-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan O.Z. o‘ng ko‘krak qafasi oldi tomoni teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan holda olib kelingan.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 21:00 atrofida O.Z. o‘rtoqlari bilan Dang‘ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonada o‘tirgan vaqtida 1998-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan J.U.ga bir nechta o‘rtoqlari bilan choyxonaga kelgan. Fuqaro O.Z.ni o‘zlari turgan joyga chaqirib, janjallashib, yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, jarohati yetkazgan. Oqibatda O.Z. jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.U.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Viloyat IIBning 6-sentabrda xabar berishicha, DXX xizmati xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.U. qo‘lga olinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.