Toshkent shahridagi 117 va 150-sonli avtobus yo‘nalish harakat yo‘li qisqaradi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2023-yil 12-sentabr kunidan 117-sonli “Do‘stlik 2 mavzesi-Food city savdo markazi” yo‘nalishining harakati Do‘stlik 2-mavzesidan Toshkent quvur zavodi bekatigacha qisqartiriladi.

avtobusлар

117-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Do‘stlik 2-mavzesigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 144-sonli “Do‘stlik 2 mavzesi-Quruvchilar metrosi” avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 12-sentabr kunidan 150-sonli “Chilonzor 25-dahasi-Yunusobod 19-dahasi” yo‘nalishining harakati Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosi bekatigacha qisqartiriladi.

avtobusлар

150-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 157-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi-Quruvchilar metrosi” avtobus yo‘nalishi xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

Shuningdek, 16-sonli “Haydarobod mahallasi — Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining harakati Haydarobod mahallasidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartirilsa, 25-sonli “Yunusobod 9-dahasi — Seleksiya instituti” yo‘nalishining harakati Seleksiya institutidan Navro‘z (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

avtobusлар

avtobusлар