Gidrometeorologiya xizmati agentligi 9−15-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida shunday hodisalar ro‘y berishi mumkin.

“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.