Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Bayram kunlari “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 2024-yil 10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
  • 11-aprel, payshanba va 12-aprel, juma — qo‘shimcha dam olish kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 13-aprel, shanba — ish kuni ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
  • 14-aprel, yakshanba — dam olish kuni yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Bundan tashqari Ramazon hayiti kunida metro poyezdlari harakati ham odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprel sanasida esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.