Jamiyat

Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorini olti qavatli qilish taklif etilmoqda
4 aprel 2024, 13:14

Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorini olti qavatli qilish taklif etilmoqda

O‘zbekiston prezidentining aytishicha, xorijiy investorlar Yunusobod dehqon bozoriga 40 million dollar sarmoya kiritish va uni yer ostida ikki qavat, yer ustida olti qavatli bozorga aylantirishni taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor bir qavatli bo‘lgani uchun “dimiqib ketgan”.

Yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga keldi (foto)
4 aprel 2024, 11:02

Yirik YTH tufayli eski ToshMI yaqinida katta tirbandlik yuzaga keldi (foto)

Poytaxtdagi eski ToshMI yaqinidagi Maxtumquli ko‘chasida ikkita yuk mashinasi va ko‘p sonli yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — voqea joyida bo‘lgan “Gazeta.uz” muxbiri 15 ga yaqin mashinani sanadi. Markaz tomon harakat vaqtincha to‘xtab qoldi. Foto.

DXX uch nafar mansabdorni pora olishda gumonlab, qo‘lga oldi
4 aprel 2024, 10:39

DXX uch nafar mansabdorni pora olishda gumonlab, qo‘lga oldi

DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 5-qavatdan qulab vafot etgan ayolning eri ushlandi
4 aprel 2024, 09:53

Toshkent viloyatida 5-qavatdan qulab vafot etgan ayolning eri ushlandi

Bekobod tumanida eri bilan janjal vaqtida 5-qavatdan o‘zini tashlab vafot etgan ayolning eri ushlandi. Avvalroq uning qo‘shnilari ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgandi.

3-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 aprel 2024, 22:48

3-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Terakt haqidagi chaqiriqlar bo‘yicha murojaat qilgan IIV, Toshkent shahri hokimi lavozimiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar, Yunusoboddagi ayrim binolarni tadbirkorlarga berishni aytgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
3 aprel 2024, 22:28

Prezident Yangi Toshkentdagi binolar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.

Prezident Toshkentdagi bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘ldi (+foto)
3 aprel 2024, 21:12

Prezident Toshkentdagi bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘ldi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi. U o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan edi. Joriy o‘quv yilida 145 nafar bola birinchi sinfga qabul qilingan. Foto.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil martida: Xayrulla Hamidov, Hamid Sodiq, yana Ortiqxo‘jayev va Mirkomilboy
3 aprel 2024, 21:03

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil martida: Xayrulla Hamidov, Hamid Sodiq, yana Ortiqxo‘jayev va Mirkomilboy

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobidan millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
3 aprel 2024, 20:56

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.

Noma’lum shaxslar teraktlar haqida chaqiriqlar yubormoqda, IIV yozishmalarga kirmaslik va 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi
3 aprel 2024, 20:29

Noma’lum shaxslar teraktlar haqida chaqiriqlar yubormoqda, IIV yozishmalarga kirmaslik va 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi

IIV noma’lum shaxslar tomonidan teraktlar uyushtirish uchun pul taklif etilayotgani haqida ogohlantirdi. Aholidan ularga hech qanday munosabat bildirmaslik, xabar yuboruvchilarni bloklash va 102 raqamiga xabar berish so‘raladi.

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi
3 aprel 2024, 18:17

Toshkentda 2022-yilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar 10 yildan 15 yilgacha qamalgani ma’lum bo‘ldi

2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet
3 aprel 2024, 18:15

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.

Buxoroda ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi
3 aprel 2024, 16:31

Buxoroda ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi

Jondor tumanida ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Hokimlik holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi
3 aprel 2024, 15:10

O‘zbekistonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi.

Kimyo universitetiga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
3 aprel 2024, 15:00

Kimyo universitetiga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyati mavjud.

Toshkentda sudya pora olishda gumonlanib ushlandi
3 aprel 2024, 14:58

Toshkentda sudya pora olishda gumonlanib ushlandi

Sergeli tuman sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi uning vakolatini tugatdi va jinoiy javobgarlikka tortishni tasdiqladi.

“Oylik 1,5 mingdan 3 ming dollargacha”. Bandlik vaziri — rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab haqida
3 aprel 2024, 13:12

“Oylik 1,5 mingdan 3 ming dollargacha”. Bandlik vaziri — rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab haqida

Bandlik vaziri Behzod Musayev eng kam ish haqi 1500−3000 dollarni tashkil etuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslariga talab yuqori ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi mehnat migratsiyasi O‘zbekiston fuqarolariga yangi kasb va standartlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistondagi ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi
3 aprel 2024, 13:05

O‘zbekistondagi ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariga xususiy sektor jalb etiladi
3 aprel 2024, 12:47

Umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariga xususiy sektor jalb etiladi

O‘zbekistonda umumfoydalanishdagi yo‘llarni ta’mirlash ishlariga xususiy sektor autsorsing asosida jalb qilinadi, deya ta’kidladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov. “Ekspluatatsiya bo‘yicha standartlarimiz eskirib ketgan. Bu esa mablag‘larning samarasiz ishlatilishiga yo‘l ochadi”, — dedi u.

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi
3 aprel 2024, 11:05

Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisi bolaning qo‘lini ko‘kartirgani uchun ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting