Jamiyat

Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabuli ochildi
19 iyul 2024, 20:02

Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabuli ochildi

Women in Tech global hamjamiyati Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillari uchun Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabulini ochdi. Taqdirlash ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” marosimning axborot hamkori hisoblanadi.

Bekobodda ferma mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda
19 iyul 2024, 19:39

Bekobodda ferma mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)
19 iyul 2024, 19:13

“Baxti Tashkentskiy” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamalib, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Sudlanuvchilar 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Yagona ayol sudlanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Batafsil.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
19 iyul 2024, 15:23

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda quriladigan obyektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtiroki majburiy bo‘ladi.

Microsoft ishidagi uzilishlar O‘zbekiston aeroportlariga ta’sir qilmadi — Uzbekistan Airports
19 iyul 2024, 14:58

Microsoft ishidagi uzilishlar O‘zbekiston aeroportlariga ta’sir qilmadi — Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports Microsoft ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagani haqida xabar berdi. Aviatashuvchilar nosozliklarga duch kelsa, o‘z muqobil ro‘yxatga olish tizimimizni taklif qilishga tayyormiz, deydi kompaniya.

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi
19 iyul 2024, 14:30

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34…+39, ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi
19 iyul 2024, 11:15

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi

Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi
19 iyul 2024, 10:28

Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida tashkil etiladi. “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda
19 iyul 2024, 08:00

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan, Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTMlarning barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.

Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi
19 iyul 2024, 07:20

Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi

Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

18-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 iyul 2024, 22:43

18-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi, YHXXni tark etgan Olim Saidov, endi tasodifiy yo‘l bilan beriladigan avtoraqamlar, koronavirusga chalingan Jo Bayden va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari do‘stlik konsertida ishtirok etdi
18 iyul 2024, 22:12

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari do‘stlik konsertida ishtirok etdi

Toshkentda tor va keng doirada yig‘ilishlar o‘tkazgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlarining do‘stlik konsertida ishtirok etdi. Foto, video.

Avgustdan Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnaydi
18 iyul 2024, 21:26

Avgustdan Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnaydi

23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Skuter, moped va tez yordam mashinalari uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda
18 iyul 2024, 20:57

Skuter, moped va tez yordam mashinalari uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda.

Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta intervyu
18 iyul 2024, 19:07

Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta intervyu

Yangi Toshkent zamonaviy O‘zbekistonning bosh shaharsozlik loyihasi hisoblanadi. Uning chegaralari qayerdan o‘tadi, arxitektura, ekologiya, energetika va transport tizimlari qanday bo‘ladi — Yangi Toshkent bosh arxitektori Saidazim Sharipov bilan katta intervyu aynan shular haqida.

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi
18 iyul 2024, 17:24

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. 1-dekabrdan esa avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va to‘lovni o‘sha yerda amalga oshirish mumkin.

Britaniyaning Morris Garages avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi
18 iyul 2024, 17:00

Britaniyaning Morris Garages avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi

MG avtomobil markasi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Savdolarning boshlanishi kuzga rejalashtirilgan va to‘rtta model taqdim etiladi: MG ZS va MG HS krossoverlari, MG 7 liftbeki, shuningdek, Cyberster elektrik rodsteri.

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda
18 iyul 2024, 16:59

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.

Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi
18 iyul 2024, 15:15

Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari (IHV), jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha (6 km/soatgacha bo‘lishi taklif qilingan edi), avtomobil yo‘lida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyotda portlovchi modda borligini aytgan mast yo‘lovchiga ish ochildi
18 iyul 2024, 10:58 1

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyotda portlovchi modda borligini aytgan mast yo‘lovchiga ish ochildi

Moskva shahridan Samarqandga uchgan mast holdagi yo‘lovchi yolg‘ondan samolyotda portlovchi modda borligini aytgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan ish ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting