O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.

Shunga ko‘ra, chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

  1. Andijon viloyati 06:00;
  2. Namangan viloyati 06:00;
  3. Farg‘ona viloyati 06:00;
  4. Toshkent viloyati 06:10;
  5. Toshkent shahri 06:10;
  6. Sirdaryo viloyati 06:10;
  7. Jizzax viloyati 06:15;
  8. Samarqand viloyati 06:20;
  9. Surxondaryo viloyati 06:25;
  10. Qashqadaryo viloyati 06:30;
  11. Navoiy viloyati 06:30;
  12. Buxoro viloyati 06:30;
  13. Xorazm viloyati 06:50;
  14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 06:50.

Avvalroq Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan, prezident qarori bilan shu kun hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan edi.

Hayit kuni Toshkentda avtobus va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Dam olish kunlari esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.