O‘zbekistonda 2024-yilgi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, idora ulamolar kengashining yig‘ilishida ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilingan.

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Turkiy davlatlar diniy idoralari mas’ullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilingan.

Musulmonlari idorasi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, prezident qarori bilan 10-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.