Toshkent shahrida madaniy meros obyektlari qatoriga kiritilgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi, deb xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi so‘nggida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlardagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi. Mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish esa taqiqlanadi.

madaniy meros agentligi, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, mozaika, panno

Jamg‘armaning Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi.

madaniy meros agentligi, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, mozaika, panno

“Agar siz milliy ro‘yxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, marhamat, mosaic@acdf.uz elektron pochtasi orqali xabar bering”, — deyiladi xabarda.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi avval ham jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirgandi.