Jamiyat

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
31 oktabr 2021, 13:16

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.

Artel kompaniyasi Award — EMBRAS 2021 tanlovida yuqori o‘rinlarni egalladi
30 oktabr 2021, 19:00

Artel kompaniyasi Award — EMBRAS 2021 tanlovida yuqori o‘rinlarni egalladi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Central Asia Employer Brand Award — EMBRAS 2021 tanlovida Artel kompaniyasi ko‘plab yutuqlarga ega bo‘ldi.

TDYUga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
30 oktabr 2021, 17:28

TDYUga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

1−5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
30 oktabr 2021, 15:22

1−5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.

IDga aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi
30 oktabr 2021, 12:54

IDga aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

DXX «Islom davlati» bilan aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxsni O‘zbekistonga qaytardi. Uning Suriya va Iroqdagi janglarda hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan birida teraktga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgani xabar qilindi.

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda
30 oktabr 2021, 10:52

Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

2 noyabrdan boshlab Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi. Parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi
30 oktabr 2021, 10:33

Toshkentda 55 ta daraxt tubi plyonka bilan qoplangani bois qurishni boshladi

Toshkentning Chilonzor tumanida prezident tashrifi arafasida 55 tup daraxtning tubiga parvarishlangandek ko‘rinishi uchun polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgan. Daraxtlarda qurish alomatlari mavjud. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi rahbari obodoshlashtirish uslubini «kolxozcha» deb atadi.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva
30 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva

Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi
29 oktabr 2021, 21:33

Yangiyo‘lda pullarni qalbakilashtirishda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda qalbaki pul ishlab chiqarishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan umumiy qiymati 19,6 mln so‘mlik 196 dona 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalar olib qo‘yildi.

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud
29 oktabr 2021, 16:13

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud

O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
29 oktabr 2021, 15:33

Zarafshon daryosiga zaxarli moddalar oqizilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi
29 oktabr 2021, 15:18

Maktab o‘quvchilari 4 noyabrdan ta’tilga chiqadi

Respublika maktablarida 4 noyabrdan 10 noyabrgacha kuzgi ta’til e’lon qilindi.

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi
29 oktabr 2021, 15:00

“Uniwork” platformasi Rossiyada yaxshi ish topishga yordam beradi

“Unistream” banki MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga Rossiyada tezda qulay ish topishga yordam beradigan platformani ishga tushirdi.

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin
29 oktabr 2021, 14:26

O‘zbekistonliklar uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan Rossiyada bo‘lib turish muddati uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lib turish muddati 7 kundan 15 kunga uzaytirilishi mumkin. IIV RFda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni murakkabligi sababli mehnat muhojirlari qiyinchiliklarga uchrayotganini ma’lum qildi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi
29 oktabr 2021, 12:23

Dam olish kunlari havo harorati pasayadi

O‘zbekistonda juma kuni bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 0…+3 darajagacha pasayishi va ba’zi hududlarda yog‘incharchiliklar bo‘lishi mumkin.

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi
29 oktabr 2021, 11:17

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi

Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi
29 oktabr 2021, 10:03

Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi

Hukumat qarori bilan maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari xodimlariga oylik tarif stavkasi 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi. Ovqatlanish uchun kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji uchun har choraklik mukofot to‘lanadi.

Yaponiya granti O‘zbekistonda bolalarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sharoitida himoya qilishga yo‘naltiriladi
29 oktabr 2021, 09:30

Yaponiya granti O‘zbekistonda bolalarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sharoitida himoya qilishga yo‘naltiriladi

Afg‘oniston va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarga umumiy yordam doirasida Yaponiya tomonidan O‘zbekistonga 200 ming dollar miqdoridagi grant ajratilgan. YUNISEF tomonidan mazkur mablag‘ favqulodda vaziyatlarda bolalarni himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 oktabr 2021, 16:58

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma berilishi, ayrim MFYlar xodimlarining oylik maoshi 35 foizga oshirilishi, oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblarning yagona bazasi yaratilishi — 1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi
28 oktabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting