8-aprel kuni Toshkent shahriga yangi to‘rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Poyezdlar yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida keltirilgan. Ular belgilangan yo‘riqnomaga asosan 8−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida esa yana 3 tasi yetkazilishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida ham xuddi shunday poyezdlardan uchtasi olib kelingandi. Kompaniya ularni “Yunusobod” va “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqarilishini ma’lum qilgandi.