6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Bahodir Toshevning davlat idorasida tushlik vaqti dasturxon yozib, kursdoshlarini spirtli ichimlik ichishga chaqirgani aks etgan video tarqaldi.

7-aprel kuni Qurilish vazirligi holatga munosabat bildirib, inspeksiya rahbarini ishdan olishi haqida xabar berdi.

Keltirilishicha, Respublika qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tegishli mas’ullari holatni o‘rganib chiqqan. Aniqlanishicha, Bahodir Toshev o‘sha kuni tug‘ilgan kuni sabab kursdoshlariga video yuborib, tushlik vaqti ishxonada dasturxon yozilayotgani, kelgan kursdoshlar bilan “avval xatm, keyin otim” qilinishini aytgan.

баҳодир тошев, бухоро viloyati, ishdan бo‘shaтиш, qurilish vazirligi

Tug‘ilgan kunni ofisdagi taomlar va spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan. Videodagi holat 2023-yil 15-sentabr, juma kuni tasvirga olingan.

Respublika inspeksiya mas’ullari Toshevga bunday xatti-harakatlar kasb etikasiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirganini ma’lum qildi. U ushbu harakati bois egallab turgan lavozimidan ozod etilishi aytildi.