Jamiyat

Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi
16 oktabr 2020, 10:35

Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.

Bir qator hududlarda hokim o‘rinbosarlari katta miqdorda pora olayotganda ushlandi
15 oktabr 2020, 21:52

Bir qator hududlarda hokim o‘rinbosarlari katta miqdorda pora olayotganda ushlandi

Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari 35 ming, Toshkent hokimligi qoshidagi boshqarma boshlig‘i 1,4 mln, Marhamat tumani hokimi yordamchisi 29 ming, Buvayda hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar olayotganda ushlangan.

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi
15 oktabr 2020, 17:00

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi
15 oktabr 2020, 16:10

Qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi idoralari ularni talab qilayotgani aniqlandi

DXM qaysi ma’lumotnomalar ko‘p so‘ralayotgani va qaysi davlat idoralari ularni talab etayotganini o‘rgandi. Monitoring natijasida ushbu hujjatlar asosan sog‘liqni saqlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish hamda kredit olish uchun uchun so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.

«Aholimizni ko‘proq yurish, to‘g‘ri ovqatlanishga odatlantiramiz» — sog‘liqni saqlash vaziri
15 oktabr 2020, 15:49

«Aholimizni ko‘proq yurish, to‘g‘ri ovqatlanishga odatlantiramiz» — sog‘liqni saqlash vaziri

Sog‘liqni saqlash vaziri Oqoltin tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi o‘rtasida yurish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tajriba to‘g‘risida so‘zlab berdi. U sog‘lom turmush tarzi koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo‘l ekanini ma’lum qildi.

DSQ kompaniyalar to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar taqdim etilmagani bo‘yicha izoh berdi
15 oktabr 2020, 12:15

DSQ kompaniyalar to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar taqdim etilmagani bo‘yicha izoh berdi

Davlat statistika qo‘mitasi saytida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning rahbari va ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qo‘mita saytning yangilanayotganligi va nosozliklar tuzatilganligini ma’lum qildi.

Muzli sentyabr. Toshkent viloyati tog‘lariga qilingan sayohat iqlim sinoviga aylangani haqida
15 oktabr 2020, 11:00

Muzli sentyabr. Toshkent viloyati tog‘lariga qilingan sayohat iqlim sinoviga aylangani haqida

Sentyabr oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyevning jamoasi sarguzashtlarni sevuvchilar bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi tog‘li vodiyga yo‘l oldilar. Safar iqlim sinoviga aylandi — harorat -22°C ga tushdi. Ekstremal ob-havo sharoiti ustidan qozonilgan g‘alaba badali — “Gazeta.uz” materialida.

ITSV xodimlarining mehmonxonada yashaganiga izoh berdi
15 oktabr 2020, 09:14

ITSV xodimlarining mehmonxonada yashaganiga izoh berdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘z xodimlarining poytaxtdagi «Interkontinental» mehmonxonasida yashashi uchun 2 mlrd so‘m to‘ladi. Vazirning birinchi o‘rinbosari to‘lov byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.

Pedagogika universiteti rektori sud qarorini bajarmagani uchun jarimaga tortildi
14 oktabr 2020, 19:52

Pedagogika universiteti rektori sud qarorini bajarmagani uchun jarimaga tortildi

TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.

Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi
14 oktabr 2020, 17:25

Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida «Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi» nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berdi
14 oktabr 2020, 17:05

Davlat soliq qo‘mitasi raisi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari vafot etdi
14 oktabr 2020, 15:30

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari vafot etdi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 39 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, marhum COVID-19dan davolanayotgan edi.

Ohirgi 9 oyda 1300 ga yaqin inson YTH oqibatida halok bo‘ldi
14 oktabr 2020, 12:57

Ohirgi 9 oyda 1300 ga yaqin inson YTH oqibatida halok bo‘ldi

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva
14 oktabr 2020, 12:00

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.

Yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, haydovchi vafot etdi
14 oktabr 2020, 11:46

Yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi, haydovchi vafot etdi

Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.

Samarqandda 15 yoshli o‘smir niqob taqmagani uchun PPX xodimlari tomonidan majburan olib ketildi
14 oktabr 2020, 10:14

Samarqandda 15 yoshli o‘smir niqob taqmagani uchun PPX xodimlari tomonidan majburan olib ketildi

Samarqandda PPX xodimlarining 15 yoshli o‘smirni niqob taqmagani uchun majburan ichki ishlar bo‘limiga olib ketish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. IIO xodimlaridan biri jarayonni videotasvirga olayotgan fuqaroga ham tashlandi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan bayonot berib, PPX xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda odob-axloqqa rioya qilish lozimligi tushuntirilganini ma’lum qildi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi
14 oktabr 2020, 09:12

Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

O‘zbekistonda 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim bo‘yicha test topshirgan abituriyentga OTMga kirish imtihonlarida maksimal ballga nisbatan tabaqalatirilgan ball beriladi.

Sirdaryoda 8 yoshli qizga axloqsiz harakatlar sodir etgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13 oktabr 2020, 20:06

Sirdaryoda 8 yoshli qizga axloqsiz harakatlar sodir etgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 28 yoshli shaxs 8 yoshli qizga nisbatan axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etdi. Qizning onasi «Sukut saqlama» loyihasiga hodisa tafsilotlarini bayon qildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘llanma: yer solig‘i qanday o‘lchanadi?
13 oktabr 2020, 17:49

Qo‘llanma: yer solig‘i qanday o‘lchanadi?

15 oktyabr — jismoniy shaxslarning yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha so‘ngi muddati. Yer solig‘i qanday hisoblanadi, muddatdan keyin to‘laganlar uchun qanday jarima qo‘llaniladi va kim yer solig‘idan ozod qilanadi?

2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash taklif etilmoqda
13 oktabr 2020, 16:39

2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash taklif etilmoqda

Mehnat vazirligi 2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting