Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Xabar.uz nashri Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, avgust oyi oxirida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 20 avgustdagi qarori bilan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan kafedra mudiri Sh. R. egallab turgan lavozimi yoki unga teng boshqa lavozimga ishga tiklanishi kerakligini xabar qilgan edi. O‘shanda MIB boshqarmasi sud qarori bilan universitet Sh. R.ga 37 mln so‘m miqdorida tovon puli ham to‘lashi lozim edi. Bu pul ayolning bank hisob raqamiga kelib tushgan.

Biroq mutaxassis lavozimiga qayta tiklanmasdan, buning o‘rniga u Xo‘jayli xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi direktorining o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklagan. Sh. R. bunga rozi bo‘lmaydi va yana sudga murojaat qiladi.

Nashrning yozishicha, sud yana bir bor Sh. R. foydasiga qaror qabul qilgan, biroq universitet ma’muriyati jarayonni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi so‘rovlari bilan sud qarori ijrosini ta’minlashga to‘sqinlik qilgan.

Xabar berilishicha, MIB Chilonzor tuman bo‘limi sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun rektorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudiga taqdimnoma kiritgan.

Sud taqdimnomani ko‘rib chiqib, mansabdorni Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198−1-moddasida (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, ba’zaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 barobari miqdorida jarima solindi. Aytilishicha, sud majlisida rektor ko‘rinish bermagan.