Jamiyat

Talabalarga kontrakt pullarini to‘rtga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi
22 oktabr 2020, 20:07

Talabalarga kontrakt pullarini to‘rtga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi

OTMlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalari o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib amalga oshirishlari mumkin.

Norozilikda qatnashgan GTL zavodi quruvchilari uchrashuvda muammolar haqida aytishdi
22 oktabr 2020, 20:00

Norozilikda qatnashgan GTL zavodi quruvchilari uchrashuvda muammolar haqida aytishdi

Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi qurilish maydonchalarining birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar pandemiya davrida 40−45 kun ob’ektdan chiqmay ishlaganliklari, oylik maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi va ovqat sifati pastligidan shikoyat qilishdi. Hozirda ularning oyliklari berilib, ovqat sifati ham yaxshilangan.

«O‘zbekiston 24» jonli efirida xaridor ayol go‘shtga ko‘p miqdorda suyak qo‘shib sotilayotganidan norozi bo‘ldi
22 oktabr 2020, 17:27

«O‘zbekiston 24» jonli efirida xaridor ayol go‘shtga ko‘p miqdorda suyak qo‘shib sotilayotganidan norozi bo‘ldi

«O‘zbekiston 24» telekanalining Toshkentdagi bozorlardan birida go‘sht narxining pasayishi haqidagi jonli efir reportajida mol go‘shtiga ko‘p suyak qo‘shib sotilayotganini aytib, noroziligini bildirdi.

Yomon yo‘llar sababli 20 oy davomida 191 kishi halok bo‘lgan — Senat
22 oktabr 2020, 15:26

Yomon yo‘llar sababli 20 oy davomida 191 kishi halok bo‘lgan — Senat

Ta’mirtalab yo‘llar sabab yuzaga kelgan YTHlarda 191 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Senat. Bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Sirdaryoda «Toza hudud» ko‘rsatilmagan xizmat uchun 1,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi
22 oktabr 2020, 13:55

Sirdaryoda «Toza hudud» ko‘rsatilmagan xizmat uchun 1,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatining sakkizta hududida «Toza hudud» korxonasi olib chiqib ketilmagan maishiy chiqindilar uchun aholidan 1,2 so‘m asossiz daromad olgani aniqlanib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilindi.

Umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi
22 oktabr 2020, 13:19

Umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi

Ta’lim inspeksiyasi 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari maktablari egalladi.

Rossiyadan 8,5 ming o‘zbekistonlikni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22 oktabr 2020, 10:12

Rossiyadan 8,5 ming o‘zbekistonlikni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Oktyabr oxiri va noyabr boshida Rossiyadan deyarli 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinadi. Bu uchun Voljskiy — Toshkent yo‘nalishiga yana to‘rtta poyezd qo‘shilib, jami qatnovlar soni to‘qqiztaga yetdi. Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 ta vagon mavjud.

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond havo sifatini nazorat qilish bo‘yicha loyihaga qo‘l urdi
21 oktabr 2020, 23:23

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond havo sifatini nazorat qilish bo‘yicha loyihaga qo‘l urdi

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondining atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini avtomatlashtirish loyihasining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Yana ikki bosqich amalga oshirilgach, har soatda havo sifatini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vafot etdi
21 oktabr 2020, 21:20

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari vafot etdi

Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi.

Yong‘in xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi
21 oktabr 2020, 19:18

Yong‘in xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Yong‘in xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi. Davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun amal qilish majburiy bo‘lgan qoidalar 7 bo‘lim, 41 bob va 846 bandni o‘z ichiga oladi.

UzAuto Motors MQKQni OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi
21 oktabr 2020, 16:35

UzAuto Motors MQKQni OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini maqolalarni o‘chirtirish va o‘zgartirish orqali OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Qo‘mita esa ushbu ayblovlarni rad etib, o‘z «pozitsiyasi»da qat’iy qolishi va barcha nizolarni faqat sud orqali hal qilishini ta’kidladi.

GTL zavodini qurayotgan ishchilar «pogrom» uyushtirdi
21 oktabr 2020, 13:39

GTL zavodini qurayotgan ishchilar «pogrom» uyushtirdi

Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi
21 oktabr 2020, 12:33

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sobiq mehnat vaziri o‘rinbosari, professor Rustam Shodiyev hayotdan ko‘z yumdi.

Qamchiqda Damas bilan to‘qnashgan yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
21 oktabr 2020, 09:43

Qamchiqda Damas bilan to‘qnashgan yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni imzolandi
20 oktabr 2020, 20:13 1

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni imzolandi

Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

G‘allaorolda bankomatni tunamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi
20 oktabr 2020, 19:50

G‘allaorolda bankomatni tunamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

G‘allaorolda 21 yoshli yigit yarim tunda bankomatni tunamoqchi bo‘ldi. U bankomat xonasidan chiqmay turib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi
20 oktabr 2020, 16:58

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi

Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasining yorilgan devori 4 mlrd so‘mga qurilgan yangi binoning ichki qismi ekani tasdiqlandi. Viloyat hokimligining maxsus komissiyasi esa ochilishdan oldin binoni qabul qilib olgan.

Farg‘onadagi sayyor qabullarda IIO faoliyati va sud qarorlari yuzasidan eng ko‘p murojaat kelib tushdi
20 oktabr 2020, 16:39

Farg‘onadagi sayyor qabullarda IIO faoliyati va sud qarorlari yuzasidan eng ko‘p murojaat kelib tushdi

Prezident administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg‘ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi. Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi.

Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?
20 oktabr 2020, 16:18

Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki o‘lim holatlari ko‘payadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak — «Gazeta.uz» yurtdoshlarimizni ogohlantiradi.

Samarqandda Lacetti va «Gaz-5327» to‘qnashdi, ikki kishi o‘ldi
20 oktabr 2020, 13:26

Samarqandda Lacetti va «Gaz-5327» to‘qnashdi, ikki kishi o‘ldi

Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting