Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 84 nafar xodimining poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida yashashi va anjumanlar zalidan foydalangani uchun 2 mlrd so‘mdan ziyodroq mablag‘ to‘ladi. Mazkur ma’lumot davlat xaridlari saytidan joy oldi.

ITSV va mehmonxona o‘rtasidagi kelishuvga binoan 84 nafar xodimning yashashi, shu jumladan kuniga uch mahal ovqatlanishi va 22 kun davomida anjumanlar zalidan foydalanganligi uchun 918,6 mln so‘m to‘langan. Bundan tashqari, vazirlik 84 ishchining yana 30 kun yashashi va ovqatlanishi uchun 1,29 mlrd so‘m to‘ladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov mazkur ma’lumotga izoh berar ekan, «Gazeta.uz»ga xodimlarni mehmonxonaga joylashtirish to‘g‘risidagi qaror «xodimlarni mehmonxonaga joylashtirish to‘g‘risida qaror birinchi lokdaun kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt bosimi sharoitida qabul qilingan».

«Epidemiologik vaziyatning noqulay rivojlanishi natijasida vazirlik oldida karantin cheklovlarining qiyin sharoitida eksport qiluvchi korxonalar va investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish uchun minimal miqdordagi kadrlarni kafolatlash vazifasi turgan edi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta menejment har bir bo‘limning bir yoki ikkita asosiy mutaxassisi bilan birgalikda masofadan turib ishlash uchun mehmonxonada izolyatsiya qilinish ssenariysi tanlangan. Hammasi bo‘lib vazirlikning markaziy apparati xodimlaridan 84 nafari tanlab olindi. Ko‘pincha, xodimlar uydan masofadan ishlashga o‘tkazildi va ITSV rahbariyati barcha xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda odatdagidek ishlashda davom etishdi.

«Mehmonxonani turar joy uchun belgilashning mantiqiyligi aniq va shaffofdir: Inter Hotel — bu bizga qarashli mehmonxona bo‘lib, uni Inter Forum DUK boshqaradi. Vaziyatni boshqarish va mablag‘ni tejash nuqtai nazaridan, bu shubhasiz eng yaxshi variant, binobarin mablag‘ ITSV tizimi ichida aylangan. Bundan tashqari, ushbu xarajatlarni qoplash uchun byudjet mablag‘laridan bir so‘m ham ishlatilmagan», — dedi Aziz Voitov.

Vazirning birinchi o‘rinbosari vazirlik shaxslarni karantinda joylashtirish uchun mehmonxonalarga tavsiya etilgan mablag‘dan chetga chiqmaganini ta’kidlab o‘tdi.

«Bu bo‘ysunuvchi tashkilot tanlovining yana bir ijobiy tomoni, ammo mehmonxonaning o‘zi uchun bizning tashabbusimiz „majburiy“ yukga aylanmadi: aksincha — lokdaun sharoitida biz mehmonxonalar xodimlarining kamida qisman bandligini ta’minladik», — dedi u.

Aziz Voitov ushbu strategiya o‘zining samaradorligini isbotlagani — 84 nafar xodimning hech biri koronavirus bilan kasallanmaganini ta’kidladi.

«Bu vazirlikning uzluksiz ishlashini va natijada iqtisodiy samarasi yuz millionlab emas, balki trillionlab so‘mni tashkil etadigan loyihalarni amalga oshirishni ta’minladi», — dedi u.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, karantin sharoitida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, bir qator banklar va davlat organlari ham o‘zlarining asosiy xodimlarini mehmonxonalarga joylashtirgan.