Farg‘ona viloyatida kameralar yordamida niqob taqmagan shaxslar aniqlana boshlanadi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 17 oktyabrdan boshlab fotovideofiksatsiya orqali niqob taqmagan kishining shaxsini baza orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismiga binoan (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda karantin paytida jamoat joylarida niqobsiz yurish BHM ning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.