O‘zbekistonda 2020 yilning o‘tgan 9 oyida (yanvar-sentyabr oylari) jami 4294 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi soni, deya ma’lum qildi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi. Bu — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 510 taga kamroq (2019 yilning 9 oyi davomida — 4804 ta).

Oxirgi 9 oy davomida ro‘y bergan YTHlar oqibatida 1293 ta o‘lim holati qayd etilgan. Mazkur hodisalar oqibatida umimiy 3886 kishi tan jarohati olgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisalarining 728 tasi bolalar, 1919 tasi piyodalar, 579 tasi velosipedlar, 146 tasi litsenziyaga ega bo‘lmagan taksilar va 77 tasi mototsikllar ishtirokida sodir etilgan.

Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH Farg‘ona viloyatida — 666 ta (2019 yil yanvar-sentyabr oralig‘ida — 712 ta, -7%), Toshkent viloyatida — 495 ta (688 ta, -28%) va Toshkent shahrida — 487 ta (518 ta, -6%), eng kami esa Sirdaryo — 101 ta (105 ta, -4%), Jizzax — 118 ta (177 ta, -33%) va Navoiy — 144 ta (153 ta, -6%) viloyatlarida qayd etildi. Surxondaryo viloyatida o‘tgan yilgiga nisbatan YTHlar ko‘rsatkichi 34 foizga kamaygan va 186 tani (2019 yil yanvar-sentyabr oralig‘ida — 283 ta) tashkil qilgan.

Manba: IIV YHXBB

Shuningdek, hisobot davrida yo‘l-transport hodisalari asosan piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi (17,8 foiz), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (15,5 foiz), velosiped yo‘laklari tashkil etilmagani (6,3 foiz), charchoqlik yoki uxlab qolish (6,2 foiz) va avtomobilni mast holatda boshqarish (1,7) kabi holatlar oqibatida sodir bo‘lgan.

Ushbu davr davomida respublika bo‘ylab 3,9 mln yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan. Shulardan 2,1 mln tasini qo‘pol qoidabuzariklar, 565,5 mingtasini havfsizlik kamarini taqmaslik, 282,7 mingtasini quvib o‘tish qoidalarini buzish tashkil qilgan.

Manba: IIV YHXBB