Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan new.stat.uz sayti ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning rahbari, ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishni to‘xtatganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Qo‘mita ushbu vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda qo‘mitaning veb-sayti yangilanmoqda. Shu sababli uning faoliyatida ba’zi texnik kamchiliklar kuzatilayotgani va ushbu kamchiliklar tezda bartaraf qilinishi haqida ma’lum qilindi.

Ushbu bayonotdan so‘ng sayt faoliyatidagi nosozliklar bartaraf etildi.

Oldingi holat.

Nosozliklar barataraf qilinganidan so‘ng.