«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Abrayev 14 oktyabr kuni og‘ir xastalikdan 39 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi uyushma matbuot xizmati. «Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, marhumda COVID-19 asoratlari bo‘lgan.

Ulug‘bek Abrayev 1980 yil 26 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tavallud topgan. 2003 yil Toshkent moliya institutini magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yildan Markaziy bank huzuridagi pul-kredit siyosati markazi pul muomalasini tahlil qilish va prognozlash bo‘limida boshlagan. 2004−2018 yilgacha Markaziy bankda turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2019 yilda AT «Poytaxtbank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.