Jamiyat

«So‘z erkinligi jamiyat rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak» — Alisher Qodirov
22 fevral 2021, 17:10

«So‘z erkinligi jamiyat rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak» — Alisher Qodirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov «erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak», degan fikrda. U «xalq ishonchi bilan vakolatga ega bo‘lgan hokimiyatga qarshi kurashishga chaqiradigan so‘z huquqbuzarlik sifatida baholanishi va jazolanishi zarur» ekaniga ishora qildi.

Sovuq ob-havo mevali daraxtlarning kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi — O‘zgidromet
22 fevral 2021, 16:56

Sovuq ob-havo mevali daraxtlarning kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi — O‘zgidromet

O‘zgidromet 25−27 fevralda kutilayotgan sovuqlar oyning ikkinchi o‘n kunligida mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi deya ogohlantirmoqda.

Uzbekistan Airways onlayn ro‘yxatdan o‘tishni joriy qiladi
22 fevral 2021, 16:32

Uzbekistan Airways onlayn ro‘yxatdan o‘tishni joriy qiladi

Uzbekistan Airways 1 martdan boshlab o‘z qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish xizmatini joriy qiladi.

Deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi
22 fevral 2021, 15:46

Deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi

Qonunchilik palatasi deputatlari transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi. U o‘tgan yilning oktyabridan buyon vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Avvalroq, Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.

Xorazmda besh kishilik oila is gazidan zaharlandi, uch kishi vafot etdi
22 fevral 2021, 15:04

Xorazmda besh kishilik oila is gazidan zaharlandi, uch kishi vafot etdi

Xorazmda choyxona egasi, turmush o‘rtog‘i va bir farzandi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ikki farzandi kuchli zaharlangan.

Toshkentda shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 fevral 2021, 13:35

Toshkentda shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumanidagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limidan so‘ng, shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

BMTTD O‘zbekiston mahallalariga 100 ta noutbuk topshirdi
22 fevral 2021, 12:29

BMTTD O‘zbekiston mahallalariga 100 ta noutbuk topshirdi

BMTTD Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan mahalla qo‘mitalari uchun 100 ta noutbuk va routerlarni taqdim etdi. Uskunalar mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga elektron hujjat aylanishi tizimida ishlashga imkon beradi va shu bilan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tezlashtiradi.

Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi
22 fevral 2021, 11:26

Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi

Qibray tumanida farmatsevtika klasteri doirasida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi. Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Bundan tashqari, Qibray tumanida muassasaninig tarkibi, xodimlar sonini tasdiqlaydigan Klaster direksiyasi tashkil etildi.

Katta muammolarga yetaklaydigan arifmetika: korrupsiya xavfini nima qiladigan bo‘ldik?
22 fevral 2021, 11:22

Katta muammolarga yetaklaydigan arifmetika: korrupsiya xavfini nima qiladigan bo‘ldik?

Davlat test markazi «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning OTMga kirish imtihonlari ballariga abituriyentlarning maktabdagi so‘nggi 6 yillik baholari o‘rta arifmetigini qo‘shish loyihasi borasidagi maqolasiga javob qaytardi. Unda muallifning fikrlari noto‘g‘ri ekanligi aytilgan va xorij tajribasi misol sifatida keltirilgan. Biroq DTMning javob maqolasida kolumnist o‘zini o‘ylantirayotgan savollarga javob topa olmadi.

Toshkentda vafot etgan bemorning qarindoshlari shifokorlarni do‘pposlashdi
22 fevral 2021, 11:20

Toshkentda vafot etgan bemorning qarindoshlari shifokorlarni do‘pposlashdi

4-son shahar klinik shifoxonasida vafot etgan 52 yoshli bemorning farzandlari shifokorlarni do‘pposlagan. Tibbiy xodimlarning ahvoli og‘ir deb belgilanmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘llagan.

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
22 fevral 2021, 10:31

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

23 fevraldan boshlab O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. 25−26 fevral kunlari havo harorati kechasi −7… −12, kunduzlari −2… −7 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi −17… −22 gacha, kunduzi −10… −15 gacha, Xorazmda kechasi −12… −17 gacha kunduzi −5… −10 darajagacha pasayadi.

«Sizlarga qo‘shni bo‘laman». Namangan viloyati hokimi prezident borgan mahallada yashashini aytdi
20 fevral 2021, 21:36

«Sizlarga qo‘shni bo‘laman». Namangan viloyati hokimi prezident borgan mahallada yashashini aytdi

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazoqov prezident rejalashtirilmagan tarzda borgan «Bunyodkor» mahallasida muammolar o‘z yechimini topguniga qadar yashashini aytdi. «Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga „viloyat hokimining uyi“ deb yozib qo‘yiladi», — dedi hokim. Boshqa hududlardagi muammolar ham shu tarzda hal etilishi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yiladi
20 fevral 2021, 19:08

O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda yaqin ikki yil ichida sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, ayollarda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda fodalanish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, pnevmoniyani aniqlashda qo‘llash ham rejada bor.

Samarqandda kambag‘allikni qisqartirish uchun deputatlarga 50 mln so‘mdan ajratiladi
20 fevral 2021, 12:58 1

Samarqandda kambag‘allikni qisqartirish uchun deputatlarga 50 mln so‘mdan ajratiladi

Samarqand viloyati kengashi deputatlariga aholi muammolarini hal qilish uchun 3 mlrd so‘m ajratiladi. Har bitta deputat 50 mln so‘mdan mablag‘ni kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltiradi. Shuningdek, viloyatda aholini kasb-hunarga o‘qitish uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.

Farg‘onadagi YTHda bir yoshli qizcha halok bo‘ldi
20 fevral 2021, 12:28

Farg‘onadagi YTHda bir yoshli qizcha halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida Matiz avtomashinasining daraxtga borib urilishi oqibatida 1 yoshli qizcha halok bo‘ldi. Mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Nima tayyorlaymiz: xushbo‘y issiq ichimliklar
20 fevral 2021, 10:20

Nima tayyorlaymiz: xushbo‘y issiq ichimliklar

Ushbu mavsumning eng xushbo‘y va rohatbaxsh ichimliklari Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatda sizni kutmoqda.

Prezident rejalashtirilmagan tarzda «Bunyodkor» mahallasiga tashrif buyurdi
19 fevral 2021, 18:05

Prezident rejalashtirilmagan tarzda «Bunyodkor» mahallasiga tashrif buyurdi

Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar kutubxonasiga tashrif buyurish o‘rniga, rejalashtirilmagan tarzda Namangan markazidan 18 km uzoqlikda bo‘lgan «Bunyodkor» mahallasiga yo‘l oldi. Prezident u yerda mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.

Samarqandda harakatlanib ketayotgan poyezd 44 yoshli erkakni urib yubordi, u vafot etdi
19 fevral 2021, 16:21

Samarqandda harakatlanib ketayotgan poyezd 44 yoshli erkakni urib yubordi, u vafot etdi

Samarqand viloyatida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 44 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Olgan jarohatlar oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan.

2020 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1962 kishi halok bo‘lgan
19 fevral 2021, 15:23

2020 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1962 kishi halok bo‘lgan

O‘zbekistonda 2020 yilda 6982 ta YTHlar sodir bo‘lgani qayd etildi. YTHlar oqibatida vafot etganlar soni esa 1962 nafar kishini tashkil etdi.

O‘zbekistonda «Nike» va «Adidas» krossovkalari ishlab chiqariladi
19 fevral 2021, 14:32

O‘zbekistonda «Nike» va «Adidas» krossovkalari ishlab chiqariladi

2021 yildan boshlab O‘zbekistonda «Nike» va «Adidas» brendi ostida krossovkalar ishlab chiqariladi. Loyiha 2022 yil 3-choragida to‘liq quvvatda ishga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, zavodda yiliga jami 3 mln juft sport poyabzali ishlab chiqarilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting