17 fevral kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida «Matiz» avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Fuqaro M.D. «Matiz» avtomashinasini Avval-Vodil yo‘lining 15 kmda boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi terak daraxtiga urilgan.

Oqibatda, avtomashinada bo‘lgan haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi M.D. uning turmush o‘rtog‘i M.M. va qaynisinglisi AZ.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.