BMTTD, Yaponiya Hukumatining moliyaviy yordamida, aholining himoyaga muhtoj guruhlarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan raqamli infratuzilma va xizmatlarni yaratish bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga BMTTD matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikka mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari xodimlarining yangi hujjat yuritish tizimi bilan ishlashini ta’minlaydigan 100 ta noutbuk taqdim etildi.

Vazirlik va fuqarolarning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari orasida axborot almashinuvini tartiblashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini qisqartirish va shu orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tezlashtirish uchun elektron hujjat yuritish tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim 100ta maxallada ishga tushirilgan bo‘lib, mahalla qo‘mitalari ma’muriyatlarining kundalik ishlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, zo‘ravonlikdan azob chekkan ayollarning malaka oshirishi, maqbul ish topishida yordam berish hamda ishsiz fuqarolarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazirlikning texnik imkoniyatlarini kengaytirish uchun yagona ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilmoqda.

Ushbu tizim qarorlarni qabul qilish bo‘yicha o‘rnatilgan mexanizm tomonidan foydalanish uchun ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi, va shu orqali eng ehtiyojmandlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun ustuvorlik tartibini aniqlashga ko‘mak beradi, deyiladi xabarda.