Prezidentning 17-fevraldagi “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021−2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Unda sun’iy intellekdan turli sohalarda jumladan, sog‘liqni saqlashda ham qo‘llash ko‘zda tutilgan. Shunga ko‘ra, inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yishda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, farmatsevtika sohasida esa bozorning dori vositalari va tibbiy buyumlariga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish va prognozlashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi.