2020 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1962 yishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB vakillari ma’lum qildi.

2019 yilda yo‘l-transport hodisalari natijasida halok bo‘lganlar soni 2094 nafarni tashkil etib, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 6,3 foizga kamaygani qayd etildi.

2020 yilda jami YTHlar soni 2019 yilga nisbatan 13,7%ga kamayib, 6982 tani tashkil etdi. Shundan o‘lim bilan bog‘liq holatlar soni 1689 ta bo‘ldi.

YTHlar oqibatida jarohatlanganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 16,8%ga kamayib,6591 nafar bo‘ldi.